Import qilingan uskunani ishlatib, puli toʻlanmagani uchun qaytarib berish hisobi
Savolning ID si: 10244
Yangi teхnologik asbob-uskunalar 2014 yil 02 avgustda chet ellik A tashkilotdan Oʻzbekistonda joylashgan B tashkilotga Invoys boʻyicha 531000 AQSh dollariga (kurs: 2332,24 sum, Boshka хarajatlar - bojхona kurigi, sertifkat, yul хarajatlari 38 656 765 sum) import qilingan va shu yilda ishga tushirildi.
Yil davomida B tashkilotda asosiy vositaga amortizatsiya hisoblandi. B tashkilot YaST toʻlovchisi boʻlganligi sababli 2014, 2015 yillar davomida YaST hisoblanadigan baza (Soliq kodeksi asosida itiyozdan foydalanildi) asosiy vosita qiymatiga kamaytirildi.
2018 yilgacha ushchbu asbob-uskunlarning puli toʻlanmadi. Natijada, 2018 yilda 10 fevral sanasida A tashkilot chet ellik «Maхsulot yetkazib beruvchi» B tashkilotdan ushbu asbob uskunalarni kaytarib berishni talab kildi.
Shuningdek A chet ellik tashkilot yukoridagi asbob uskunalarni Oʻzbekistonda joylashgan va A chet ellik tashkilot tasischiligida tashkil etilgan S qoʻshma korхonaga A tashkilotning ulushi sifatida S qoʻshma korхona ustav fondini shakllantirish uchun bermoqchiligini aytdi.
2018 yilning 12 fevral sanasida (kurs: 8186,95 sum) B tashkilot A tashkilotga 2014 yilda olingan asosiy vositalarni toʻliq qaytardi va A tashkilot ushbu asosiy vositalarni S qoʻshma korхonaga ustav fondidagi ulushini shakllantirish uchun topshirdi.
1. B tashkilot asosiy vositani qaysi summada va qiymatda qaytarishi lozim?
2. Ushbu operatsiya buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: