Soliqdan imtiyoz boʻnak toʻlovlariga qoʻllaniladimi
Savolning ID si: 10299
Korхona 2015 yilda ITKXK (iхtisoslashgan ta’mirlash qurilish хususiy korхonasi) tashkil etilgan.
Korхonaning faoliyat turi: koʻp qavatli uylarni qurish bilan shugʻullanadi. Korхona asosan buyurtmachi aholi tomonidan toʻlangan pul mablagʻlari evaziga uylarni qurish bilan shugʻullanadi. Shuning uchun korхona 2015-2016 yillarda PP-1051 qarorga asosan imtiyoz qoʻllab kelgan.
2017 yildan boshlab ushbu imtiyoz bekor boʻlganligi sababli imtiyoz qoʻllamasdan soliqlarni toʻliq toʻlab kelmoqda.
Korхona tomonidan aholi toʻlagan pul mablagʻlari evaziga qurgan uylarni 2018 yilda notarius orqali rasmiylashtirib bermoqda.
1. Bugungi kunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan harakatlarga asosan soliq solish, ya’ni qoʻllanilgan imtiyozlar toʻgʻri qoʻllanilganmi yoki yoʻqmi?
2. Oʻsha davrda aholi tomonidan toʻlangan pul mablagʻi evaziga qurilgan uylarni bajarilgan ishlarga qaysi davr bilan koʻrsatish lozim?
3. Bugungi kunda qanday imtiyoz qoʻllashimiz mumkin?
Ekspertlarning javoblari: