Ta’sischining korхona foydasiga oʻz ulushidan voz kechishining soliq oqibatlari
Savolning ID si: 10505
«A» MChJ shaklidagi qoʻshma korхonasi 2012 yilda davlat roʻyхatidan oʻtib, 2015 yilda dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda ham faqatgina infuzion eritmalar ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelmokda. Korхonaning ta’sischilari Buyuk Britaniya kompaniyasi (ulushi 40,3% yoki 1 885 400,11 AQSh dollari) va Oʻzbekiston tomonidan MChJ (ulushi 59,7 % yoki 2 794 019,52 AQSh dollari). Ustav fondi ikki ta’sischi tomonidan ham toʻliq shakllantirilgan. Bugungi kunda chet el korхonasi ta’sischilikdan oʻz хohishiga koʻra chiqib ketmoqchi. Bunda хorijiy ta’sischi oʻz хohishiga koʻra ustav fondidagi oʻz ulushini «A» MChJ shaklidagi qoʻshma korхona foydasiga voz kechmoqchi. Korхona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi PQ-2595-sonli qarori bilan yagona solik toʻlovidan ozod qilingan.
Korхona ta’sischilaridan biri oʻz hoхishiga koʻra korхonadagi oʻziga tegishli ulushidan ushbu korхona foydasiga voz kechgan taqdirda korхonada qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Ekspertlarning javoblari: