Xorijiy investorning ulushi koʻrsatkichini aniqlash
Savolning ID si: 10564
2017 yilda tashkil etilgan Qoʻshma korхonaning ustav jamgʻarmasi 820 000 AQSh dollar (kurs 3120 soʻm) 2 558 400 000 boʻlib, ta’sischilar tomonidan toʻliq shakllantirilgan va ta’sischilar ulushlari quyidagicha:
1. Chet ellik A tasischi ulushi 300 000 AQSh dollari - 936 000 000 soʻm 36,59 %
2. Oʻzbekiston tomonidan B tashkilot 520 000 AQSh dollari - 1 622 400 000 soʻm 63,41 %.
2018 yilning 14 aprelida B tashkilot ustav fondidagi oʻz ulushini qoʻshimcha 500 000 000 soʻm (kurs- 8100 sum, 61728,4 AQSh dollar)ga kupaytirish maqsadida qoʻshma korхonaga mablagʻ kiritdi. Natijada tasichilar tomonidan QK ustav kapitaliga kiritilgan mablagʻlar quyidagicha:
-Chet ellik A tasischi ulushi 300 000 AQSh dollari - 936 000 000 soʻm
-Oʻzbekiston tomonidan B tashkilot 581 728,4 AQSh dollari - 2 122 400 000 soʻm
Jamiyatning ustav fondi jami 3 058 400 000 soʻm yoki 881 728,4 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Qoʻshma korхona ustav fondi oshirilishi munosabati bilan yangi tahrirda ustav va tasis shartnomasi tuzilmokda, bundaquyidagi muammolarga duch kelinmoqda.
2018 yildan boshlab Yagona darcha markazi tasischilarning ustav fondidagi ulushlarini soʻm qiymatida elektron bazaga kiritish natijasida ularning ulushlari valyutada boshqa, soʻmda boshqa boʻlib qolmokda. Birinchidan, Tasischilar ulushlarini soʻmga nisbatan hisoblaganda - Chet ellik A tasischi ulushi 936 000 000 soʻm - 30,06 %, Oʻzbekiston tomonidan B tashkilot ulushi 2 122 400 000 soʻm - 69,04 %. Ikkinchidan, Tasischilarning ulushlarini belgilashda AQSh dollariga nisbatan hisoblaganda -Chet ellik A tasischi ulushi 300 000 AQSh dollari - 34,02 %, Oʻzbekison tomonidan B tashkilot 581 728,4 AQSh dollar - 65,98 %. (Malumot uchun Qushma korхona PF- 3594 boʻyicha imtiyozdan foydalanib kelmokda. Shuningdek Chet ellik tasischi oʻz ulushini AQSh dollariga nisbatan foizda belgilashni talab qilmoqda).
Xorijiy investorning soʻmda aks ettirilgan ustav kapitali qiymatiga asoslanib aniqlangan ulushi 33 foizdan kam chiqsa, PF- 3594 buyicha imtiyozdan foydalanish bekor kilinishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: