Qayta tashkil etish jarayonida voris korxonaning huquq va majburiyatlari

Savolning ID si: 10740
Ikki korxonaning qoʻshilish jarayoni ketmoqda. Topshirish kabul qilish dalolatnomasi, shuningdek tugatish balansi hali tasdiqlanmagan, oʻz navbatida tugatilayotgan korxona davlat reyestridan chiqarilmagan. Biroq, tugatilayotgan korxonaning debitor va kreditorlariga korxona tugatilayotganligi bois barcha huquq va majburiyatlari boshqa korxonaga oʻtayetganligi toʻgʻrisida ma’lumot berilgan. Shuning uchun, tugatilayotgan korxonaning kreditorlari pullik talablarni huquqiy vorisga taqdim etmoqdalar, shuningdek tugatilayetgan korxonaning debitorlaridan huquqiy vorisning bank hisobraqamiga pul mablagʻlari kelib tushish holatlari ham kuzatilmokda.
1. Ikki korxona qoʻshilishida tugatish balansi hali tasdiklanmasdan, tugatilayotgan korxona va huquqiy voris oʻrtasida talabdan voz kechish shartnomalari imzolangan boʻlsa, kreditorlardan huquqiy vorisga pul toʻlash talabi kelib tushishi oʻrinlimi? 2. Tugatish balansi tasdiklanmay turib, debitorlardan pul tushumini amalga oshirilishi oʻrinlimi. Agar oʻrinli boʻlmasa, tushgan pullarni ortga qaytarish lozimmi? 3. Talabdan voz kechish shartnomalariga asosan debitorlardan kelib tushgan pul tushumlarini buxgalteriyada aks ettirish tartibini tushuntirib bering.
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock