Ustav kapitalini shakllantirish boʻyicha oʻtkazmalar
Savolning ID si: 11500
Mas’uyali cheklangan jamiyat shaklidagi QQ 2017 yilda tashkil etilgan boʻlib, ustav fondi 600 ming AQSh doll. (kurs: 4150 soʻm buyicha 2 490 mln soʻm) etib belgilangan. Ta’sischilar tomonidan 2017yilning oʻzida ustav toʻlik shallantirilgan.
Ustav kapitali tasischilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan: 300 ming AQSh doll. Oʻzbekistonlik ta’sischi, hamda 300 ming AQSh doll. Chet ellik tasischi.
2018 yilda tasischilar tomonidan ustav fondini qoʻshimcha Chet ellik tasischi 100 ming AQSh doll. hamda Uzbekistonlik tasischi 100 ming AQSh doll. miqdorida oshirishga kelishdilar.
2018 yilning 05 fevralida (kurs 8177,75 soʻm) chet ellik tasischi 100 ming AQSh doll. mikdoridagi «Teхnologik asbob uskuna» olib kelib ustav fondiga kiritdi.
Oʻzbekistonlik tasischi esa 2018 yil 13 fevralda (kurs 8188,33) 818 833 000 soʻm miqdoridagi naqd pul mablagʻini ustav fondiga kiritdi.
Qoʻshimcha shakllantirilgan ustav fondini davlat ruyхatidan oʻtkazish 2018 yil 03 aprelda (kurs 8100,92) amalga oshirildi.
Ustav kapitalini shakllantirish buхgalteriya hisobida qanday oʻtkazmalar bilan aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: