Savolning ID si: 11503
Men oilada kenja oʻgʻil farzandman, toʻrtta opam va ikkita akam bor. Ota-onam tomonidan asrab olingan farzandlar yoʻq. 1999 yilda otam oʻz nomida boʻlgan va oʻzi va men ham yashab turgan uyni menga hadya shartnomasi orqali oʻtkazib bergan. Boshqa farzandlarning bunga e’tirozi boʻlmagan. Otamning vafotidan keyin boshqa farzandlar bu uydan oʻzlariga ulush talab qilishlari mumkinmi yoki otamning vafotidan keyin (balki oldin ham) men uydan oʻz хohishimga koʻra undan foydalanishim, toʻliq yoki qisman ijaraga berishim, sotishim yoki hadya qilishim mumkinmi?
Otam menga hadya qilgan uyga, uning vafotidan keyin boshqa farzandlar undan oʻz ulushini da’vo qilishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: