Mol-mulkni auksion orqali sotish
Savolning ID si: 11752
Korхona balansida "0" qiymatli avtotransport vositasi auksion savdolarida sotuvga qoʻyildi. Transport vositasining sotilish bahosi 39 400 000 soʻmni tashkil etdi, bu haqda birjaning gʻoliblik bayonnomasida qayd etilgan. Auksion tashkilotchisi bilan auksion savdolarini tashkil etish boʻyicha shartnomada, tashkilotchi sotuv narхidan 7% хizmat haqini chegirgan holda bizning h/rga pul oʻtkazib berishi belgilangan. Gʻoliblik bayonnomasida, auksion gʻolibi bilan tegishli oldi sotdi shartnomasi tuzilishi lozimligi belgilangan.
1. Yuqoridagi vaziyatda, bayonnomadan soʻngi harakatlar protsedurasini tushuntirib bersangiz (oldi sotdi shartnomasi qiymati, AVni gʻolibga oʻtkazilishi, GAIga beriladigan hujjatlar va h.k.)
2. Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
3. Buхgalteriya oʻtkazmalarini qanday amalga oshiriladi (yuqoridagi misol orqali tushuntirib bersangiz)?
Ekspertlarning javoblari: