Yagona yer soligʻi toʻlovchi korxona ijara daromadidan soliq toʻlaydimi?

Savolning ID si: 11870
Jamiyatda Urganch shahrida Xokimning qarori bilan ajratilgan 8.1985 gektar yer maydoniga ega uchastka va binoinshootlari mavjud. Shuningdek, Yangiariq tumanida ekin yer maydonlari mavjud boʻlib, 2013 yilda 73.9 gektarni, 2014 – 2017 yillarda 71.2 gektarni tashkil qilgan. Qishlokxoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarish korxona faoliyatining asosiy qismini tashkil qilganligi sababli Urganch shahar DSIga ushbu toʻgʻrisida yozma xabarnoma berilgandan keyin yagona yersoligʻi toʻlovchisi boʻldik. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishdan tashqari mol-mulkni operativ ijaraga berishdan va xizmat koʻrsatishdan ham daromad qilamiz. 2013 yil faoliyatimiz boʻyicha 369789,7 mingsoʻm daromad qishloq xoʻjalik mahsulotlari sotishdan va 200000 mingsoʻm daromad (03.01.2013yildagi №-1 sonli shartnomaga asosan 17723,0 m2) asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan. Jami daromadimiz 569789,7 ming soʻmni tashkil qiladi. 03.01.2013 yildagi №1-sonli ofis va omborxona binolarini ijaraga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan boʻlib, mazkur shartnoma ilovasida ijaraga beriladigan binolar va inshoatlarning maydoni 17723.0 m2 ni tashkil qilishi koʻrsatilgan va yuridik hulosa olinib ikki tomon kelishuvi asosida 200000,0 ming sumga ijara shartnomasi imzolangan. DSI xodimlari tomonidan oʻtkazilgan kameral nazorat tekshiruvida Urganch shahrida joylashgan jami 81983.89 m2 yer maydoni boʻyicha (ijara shartnomasida koʻrsatilgan 17723,0m2 yer maydoni boʻyicha emas) ijara haqi hisoblab, 2013 yil yakuni boʻyicha qishloq hoʻjaligidan olingan daromad ulushi mol-mulklarni operativ ijaraga berish dan daromad ulushidan past boʻlganligi uchun yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblanmasdan yagona soliq toʻlovchisi hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan. 2014-15-16 yillarda ham ijara boʻyicha olingan daromadlar soliq inspeksiyasi tomonidan xudi shunday tartibda hisoblangan.
Yuqoridagi holatda ijara boʻyicha daromadlar ikki yuridik tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha hisoblanadimi yoki soliqinspeksiyasi xodimi tomonidan oʻtkazilgan kameral nazorat tartibida hisoblashtoʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock