Savolning ID si: 12815
«Koʻprikqurilishloyiha» UK 04.10.2017 yildagi PQ-3309 sonli OʻzR Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan. Qarorga asosan korхona Chilonzor DSI roʻyхatidan oʻtgan boʻlib, yagona soliq toʻlovchisi hisoblanadi. (STIR 305140764, OKED 71110). OʻzR Prezidentining 29.03.2018 yildagi PQ-3632 «2018...2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash boʻyicha Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan «Koʻprikqurilishloyiha» UK bosh loyiha tashkiloti etib belgilangan. OʻzR Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «Soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi PF-5468 Farmoniga binoan 2018 yil yakuni yillik aylanmasiga koʻra «Koʻprikqurilishloyiha» UK umumbelgilangan soliqlar toʻloviga oʻtib, 11.01.2019 yil 326060026012 kodi bilan QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtdi. OʻzR Prezidentining 29.03.2018 yildagi PQ-3632 qaroriga asosan 2018 yil rejasida belgilangan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmachi bilan shartnomalar tuzilib, buyurtmachi tomonidan ba’zi shartnomalar uchun avans toʻlovlari amalga oshirilgan.
«Koʻprikqurilishloyiha» unitar korхonasi Sizdan, 2018 yilda tuzilgan shartnomalarning 2019 yilda bajariladigan qismi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilishi va bu qanday tartibda amalga oshirilishi boʻyicha ma’lumot berishingizni soʻraydi.
Ekspertlarning javoblari: