Savolning ID si: 14195
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 maydagi PQ-4235-son qarorida 2019 yil 1 maydan ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanishi belgilangan, lekin hozirgi kunga qadar Mehnat kodeksining 100 va 105-moddalariga oʻzgartirish kiritilmadi.
Mazkur holatda Prezidentning PQ-4235-son qarori MKning 100-moddasi 2-qismi 7-bandi bilan pensiya yoshiga toʻlgan ayollarni mehnat shartnomasini bekor qilmaslikka asos boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari: