Savolning ID si: 14515
Jamiyatimiz (“S” tashkilot)ga 2018 yilda tuzilgan import shartnomasi asosida “A” chet ellik tashkilotdan 15 ming AQSh dollari qiymatdagi хom ashyo va materiallar kirim qilindi. 2019 yilda “A” chet ellik tashkilot import shartnomasi boʻyicha oʻzining huquq va majburiyatlarini “B” chet ellik tashkilotga oʻtkazish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuv tuzildi. Ushbu qoʻshimcha kelishuvga asosan “S” tashkilot 15 ming AQSh dollarini “B” chet ellik tashkilotga oʻtkazib berdi. Natijada “S” tashkilotning kreditorlik qarzi yopildi. “S” tashkilot va “A” chet ellik tashkilot oʻrtasida import shartnoma asl nusхada imzolangan. Qoʻshimcha kelishuv elektron pochta orqali yuborilganligi sababli kseronusхada tuzilgan.
Qoʻshimcha kelishuv kseronusхada tuzilganligi sababli “B” chet ellik tashkilotga 15 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditorlik qarzi uzilishi qonun buzilishi deb e’tirof etiladimi va qoʻshimcha kelushuv elektron pochta orqali tuzilishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: