Tovarlarni qaytarib berishni hujjatlashtirish va QQS hisobi
Savolning ID si: 15820
Sentyabr oyida 1200 soʻmga mahsulot sotib oldik (narхi – 1000 soʻm, QQS – 200 soʻm). Dekabrda pulini toʻlay olmaganimiz va mahsulotdan foydalanmaganimiz uchun yetkazib beruvchi mahsulotini qaytarib olib ketdi. Dekabr oyida QQS stavkasi - 15%. Ikkala taraf ham buхgalteriyasiga avvalgi sana bilan tuzatish kiritishni istamaydi, har bir operatsiyani amalga oshgan vaqtda aks ettiradi.
Ma’lumot uchun, DSQning 1198 telefon raqami bilan bogʻlanib vaziyat tushuntirilganida, orqa sana bilan buхgalteriyani toʻgʻirlashni va hisobotlarni qaytadan topshirishni maslahat berishdi. Ammo biz bunday qilishni istamadik, buni notoʻgʻri deb hisoblayapmiz.
1. Tovarlarni qaytarib berish qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
2. 20 foizlik QQS bilan olingan tovarlar QQS stavkasi oʻzgargan paytda qaytarilsa, tovarlarni qaytarish operatsiyasi buхgalteriya hisobida va soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: