Koʻrsatilgan xizmatlarga hisobvaraq-fakturada daval asosda olingan yoqilgʻi hisobi
Savolning ID si: 16264
YaST toʻlovchi tashkilot xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzdi. Buyurtmachi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va qurish bilan shugʻullanadi. Shartnoma predmeti yoʻl qoplamasini yer tekislaydigan mashina bilan tekislash hisoblanadi. Xizmatlar koʻrsatilishi uchun buyurtmachi har oyda bizga daval asosda dizel yoqilgʻisini beradi. Oy oxirida bir oyda mashinadan foydalanilgan vaqtdan kelib chiqqan holda koʻrsatilgan xizmatlar summasini hisoblaymiz. Buyurtmachimiz ushbu summadan bir oyda foydalanilgan daval xom ashyosi qiymatini ushlab qoladi va farqni bizning schyotimizga oʻtkazadi. "Yo'l loyiha ekspertiza" unitar korxonasi tandem tekislash mashinasidan bir soat foydalanish bahosini shartnoma asosida hisoblab beradi. Hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishda jadval qismida xizmatlar nomini, oʻlchov birligini, mashina-soatlar miqdorini, mashina-soat bahosi va qiymatni qayd etamiz
Buyurtmachi tomonidan daval asosda berilgan dizel yoqilgʻisi miqdori, narxi va qiymatini hisobvaraq-fakturaga ("ayiruv" belgisi bilan) kiritsak boʻladimi?
Toʻlanadigan umumiy summadan ushlab qolingan daval dizel yoqilgʻisi qiymatini qanday va qaysi hujjatda aks ettirish lozim?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.