Aholi bandligi organlari tomonidan 2020 yilda хodimlar uchun mehnat daftarchalarini berishni rad etishning qonuniyligi
Savolning ID si: 16522
AJga (davlat ulushisiz) ishga joylashtirilayotgan shaхslarning ma’lumotlari “YaMMT” IDAKga kiritib borilmoqda (31.10.2019y.dagi PQ-4502-sonli qaror). Mehnat kodeksi va Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma me’yorlari amal qilishi davom etayotganligi munosabati bilan, AJ yangi mehnat daftarchalarini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolashni soʻrab aholi bandligi organiga murojaat qilganida, mazkur organ rad javobini berdi. Davlat organi oʻzinig rad javobini yangi mehnat daftarchalarini berish oʻz dolzarbligini yoʻqotganligi bilan asoslantirgan.
Aholi bandligi organi 2020 yilda mehnat daftarchalarini berishni rad etishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari: