Zinapoya panjarasidagi elektr shchitini texnik holati va ta’mirlash boʻyicha javobgarlik
Savolning ID si: 17163
Bizga zamonaviy elektr hisoblagichni oʻrnatishdi. U juda katta koʻrsatkichlarni koʻrsata boshladi. Haqiqatda biz bunchalik koʻp elektr energiyasidan foydalanmaymiz. Tuman elektr stansiyasi (TES) xodimini chaqirtirdik. U ham koʻrsatkichlar oshirib yuborilganini tan oldi. Bunda yoʻlakka oʻrnatilgan elektr shchitning texnik holati sababchi boʻlayotganini, uni tuzatish lozimligini aytdi. Elektr shchitga koʻz tashlaganimda men ham shunga amin boʻldim. Hatto mutaxassis boʻlmagan odam ham bu raqamlar nihoyatda katta ekanligini tushunar edi. Simlarning hammasi eski, chalkashib yotibdi, ochilib, izolyatsiyasiz qolgan joylari ham koʻp. Tagʻinam mening hisoblagichim yaxshiroq edi. Ikki qoʻshnimning hisoblagichlari esa umuman simida osilib yotibdi. Hisoblash asboblarini oʻrnatishga jalb etilgan pudratchilar ishlarni biz yoʻqligimizda bajarishgan. TES xodimi bunda oʻzimiz aybdorligimizni aytdi.
Zinapoya panjarasidagi elektr shchitning texnik holati uchun kim javob beradi, uni kim ta’mirlashi kerak?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.