Eski tahrirdagi SKda belgilangan imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlarga nisbatan 2020 yil 1 apreldan JShDS dan imtiyoz tadbiq etilmaydi.
Savolning ID si: 17943
01.01.2020 yilga kadar amalda boʻlgan Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan, jismoniy shaхslarning qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaхslar, shuningdek ularning mazkur kreditlar boʻyicha birgalikdagi qarz oluvchi boʻlgan oila a’zolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan daromadlari JShDSdan ozod qilingan edi. Men oʻzimning onam bilan 2018 yilda tuzilgan qarz shartnomasi shartlariga muvofiq namunaviy uyni olish uchun oʻtkazilgan 60,0 mln. soʻm karzimni 2020 yilda kaytarmokdaman.
Men oʻzimning onam bilan 2018 yilda tuzilgan qarz shartnomasi shartlariga muvofiq namunaviy uyni olish uchun olgan karzimni 2020 yilda kaytarishga daromadlarimni yoʻnaltirsam, ushbu summa soliqqa tortiladimi?
Ekspertlarning javoblari: