Savolning ID si: 18064
Hozirgi karantin vaqtida ma’lum sabablarga koʻra shartnomalarni masofadan, elektron hisobvaraq-faktura kabi ERI asosida imzolab rasmiylashtirishga ehtiyoj ortmoqda. Hozirda hech qaysi saytda bu ishni amalga oshirishning imkoni yoʻq ekan (yoki biz bunday saytni topa olmadik). Faqatgina didox.uz kompaniyasining oʻzi mijozlariga shartnomani didox.uz saytidagi "Erkin shakldagi hujjat" boʻlimiga bir taraflama imzolangan PDF formatida biriktirib joʻnatmoqda va bu mijoz tomonidan didox.uz saytining oʻzida imzolanganidan soʻng хizmat koʻrsatishni boshlab yubormoqda.
Biz ham mijozlarimizga didox.uz saytidagi "Erkin shakldagi hujjat" boʻlimiga shartnomani bir taraflama imzolangan PDF formatida biriktirib joʻnatsak va ular buni qabul qilib olsa, bu hujjat shartnoma qogʻoz shaklini ikki taraf imzolab, muhr qoʻyib rasmiylashtirganga tenglashtiriladimi yoki yoʻqmi? Yoki ushbu harakatni amalga oshirishning boshqacha varianti bormi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock