SK 223-moddasiga asosan soliq hisoblash

Savolning ID si: 18739
Jamiyatimiz tomonidan 2020 yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan faoliyati soliq organi tomonidan taftishdan oʻtkazildi. Taftishda jamiyatimizning hisob raqami orqali pul koʻchirish yoʻli bilan sotib olinmagan, biroq jamiyat rahbariga tegishli boʻlgan tovarlarni sotish holati Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish sifatida baholanib, sotilgan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblandi. Lekin tovarlarni sotishda ular uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻini koʻrsatib, uni byudjetga toʻlab berganmiz. Jamiyat umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi.
Korхonaga kirim qilinmagan tovarlarni sotishda ular uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻini koʻrsatib, uni byudjetga toʻlab bergan boʻlsak, mazkur tovarlar boʻyicha Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan ikkinchi marotaba QQS hisoblanadimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock