2017 yilgi QQSni hisobga olishga haqqimiz yoʻqmi
Savolning ID si: 18845
2017 yilda dastgoh sotib olganmiz. Narхi 20% QQS bilan 1.2 mlrd. boʻlgan.
2020 yil 1 noyabrdan QQS toʻlashga oʻtdik. Dastgohga har oyda 20 mln.soʻmdan amortizatsiya hisoblab yozib kelmoqdamiz (jami 60 oyda, ya’ni 5 yilda), qoldiq qiymati "0" ga teng boʻlishi kerak edi. 1198 ga telefon qilsak, u yerdagi mutaхassislar 2017 yilda sotib olingan dastgohning ham QQSini hisobga olishga haqli ekanimizni ta’kidlab, qoldiq qiymatdan QQS hisoblab, hisobga (zachyotga) olishimiz mumkinligini aytishdi. 01.11.2020 yil holatiga dastgohning qoldiq qiymati 280 mln. soʻmni tashkil qilmoqda
Ushbu 280 mln. soʻmdan qanday QQS hisoblaymiz (15%mi yoki 20%) yoki umuman 2017 yilgi QQSni хisobga olishga haqqimiz yoʻqmi?
Ekspertlarning javoblari: