Savolning ID si: 19022
Tashkiliy-huquqiy shakli xoʻjalik shirkati boʻlgan korxona 2000 yilda roʻyxatga olish inspeksiyasida davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazilgan (oldin 1992 yilda adliya boshqarmasida roʻyxatdan oʻtgan). Yuridik shaxs nomida "chet eldagi ... filiali" abbreviaturasi mavjud. MShT kodi 163 - chet el yuridik firmalari mulkidagi korxona. TShT kodi 1153 - xoʻjalik shirkati. Chet ellik bosh korxona (tashkil boʻlgan vaqtda mulklar bergan) bilan 11 yildan beri aloqalar uzilgan. Lekin korxona soliq toʻlovchi sifatida soliq va majburiy toʻlovlarni toʻlab keladi. Balansida 2 ta mulki qolgan. Lekin hozirgi kunda korxona hech qanday faoliyat yuritmayapti. Rahbarni ish haqi bilan saqlab turibdi. Korxona bir necha yildan beri zarar koʻrmoqda (43 mln. soʻm). Qayta baholash saldosi 17 mln. soʻm. Ustav fondi (48 mln. soʻm) sof aktivlar (23 mln. soʻm) miqdoridan ortiq. 2 ta mavjud mulk ta’mirlanib sotilishi va soʻngra korxona tugatilishi rejalashtirilmoqda. Ikkovi ham toʻliq eskirgan.
1. Ustav fondi majburiy tartibda kamaytirilishi lozimmi? 2. Ushbu korxonani tugatish tartibini toʻliq yoritib bersangiz? 3. Mazkur korxona rahbarining xususiy korxonasi ham mavjud. Korxonani ushbu xususiy korxonaga qoʻshib yuborish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock