Shoʻ’ba korxonasidagi ulush oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinishining hisobi va soliq oqibatlari
Savolning ID si: 19034
Korxonamiz 2019 yilda oʻziga tegishli shoʻ’ba korxonadagi ulushini baholab boshqa korxonaga 7 yil muddatga grafik asosida boʻlib toʻlash sharti bilan sotgan. Ushbu oldi-sotdi shartnomasi shartiga koʻra xaridor tomonidan 2 mlrd.soʻm boʻnak toʻlovi toʻlangandan keyin ulushni dalolatnomaga asosan topshirganmiz va korxonamiz shoʻ’ba korxona ta’sischiligidan chiqqan. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan va ustav qaytadan ruyxatdan oʻtgan kundan boshlab ulushni sotishdan 6 mlrd.soʻm ijobiy saldo daromad sifatida tan olingan hamda soliq toʻlangan. 2020 yilda ushbu ulushni oldi-sotdi shartnomasi xaridor oʻz majburiyatlarini bajara olmaganligi tufayli bekor qilindi. Ulushimiz qaytarib olinib ta’sischi sifatida ustavni yana qaytadan roʻyxatdan oʻtkazdik. 2 mlrd.soʻm boʻnak xaridorga qaytarib berilmasligiga kelishildi.
1. Ushbu yuzaga kelgan vaziyatda 2020 yilgi moliyaviy hisobotlarda 4 mlrd.soʻmni (6 mlrd.soʻm – 2 mlrd.soʻm) zarar deb tan olishimiz kerakmi?
2. Bu boʻyicha qanday buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi? Soliq oqibatlari qanday?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.