Savolning ID si: 1922
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 77-1-moddasida sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yigʻimi undirilishi qayd etilgan. Ijro yigʻimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-722-son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 3-bandiga asosan sud ijrochisi tomonidan mulkiy xarakterga ega boʻlgan ijro hujjatini majburiy ijro etish choralari qoʻllanilganda qarzdor yuridik shaxsdan 2 % miqdorida undiriladi. Sud ijrochisi qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish haqidagi qaror va ijro yigʻimi undirish haqidagi qaror chiqarib, shu qarzdorning bankdagi hisobvaragʻi raqamlariga band solib inkassa talabnomasi qoʻygan. Ammo qarzdorning mol-mulkini xatlovga olmagan va ularni sottirish choralarini ham qoʻrmagan.
Qarzdor yuridik shaxs, aytaylik, soliqdan boʻlgan qarzdorligi soliq organi bilan oʻzaro tuzilgan sxema orqali sud ijrochisining aralashuvisiz yopilgan yoki huqumat komissiyasining tegishli bayonnomasi bilan toʻlash muddati ma’lum bir muddatga qadar kechiktirilgan. Bunday holatda sud ijrochisi bunday qarzdordan ijro yigʻimini undirishga haqlimi? “Texnik ta’minlash va butlash” unital shoʻ’ba korxonasi direktori S.X.Xikmatov
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock