Koʻmirni sotishda QQS

Savolning ID si: 19350
VMning «Koʻmirning ulgurji-sotish narxiga maxsus ustama miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida» 2015 yil 31 martdagi 75-son qarori bilan koʻmir tarmogʻi korxonalari tomonidan sotiladigan koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustama 54000 soʻm etib belgilangan. VMning «Respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 30.12.2016-yil 422-sonli qarori 10-bandida koʻmir tarmogʻi korxonalari tomonidan sotiladigan koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustama soliq solinadigan bazaga kiritilmasligi belgilab qoʻyilgan.Yuqoridagilarga asosan korxonamiz koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustama boʻyicha QQS hisoblamagan. DSQning 28.01.2021 yildagi 33/20-04351-sonli xat berdi, unda koʻmir tarmogʻi korxonalari tomonidan sotiladigan koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustama uchun QQS imtiyozi 27.06.2019 yildagi PF №5755 ga asosan bekor qilinganligi yozilgan va maxsus ustamadan QQS hisoblash talab qilinmoqda.
PF №5755 ga asosan koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustamadan QQS toʻlanmasligi haqiqatda bekor qilinganmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock