Savolning ID si: 19456
Ulgurji savdo bilan shugʻullanamiz. 2020 yil davomida korxonamiz menejeri mijoz iltimosiga binoan korxonamiz balansida mavjud boʻlmagan (ya’ni kirim qilinmagan) kompyuterni 10 mln. soʻmga (amalda sotish narxi 10 mln. soʻm boʻlgan mobil telefon sotilgan) sotish boʻyicha shartnoma tuzgan va menejerning oʻzi elektron hisobvaraq-fakturani joʻnatib yuborgan (menejerlarga oʻzlari sotgan mahsulotlarga oʻzlari javob berishi uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni joʻnatish va ishonchnoma bilan shartnoma imzolash huquqi berilgan). Hozirda mijoz tuzatish kiritilgan elektron hisobvaraq-fakturani qabul qilishdan bosh tortmoqda, ya’ni ularning ta’minotchi boʻlgan va ishonchnoma berilgan xodimi telefon emas, kompyuter korxona omboriga topshirilganini bildirdi. Ushbu qonun buzilishi boʻyicha korxonamizga nisbatan kelib chiqadigan jarimani menejerimiz ish haqidan ushlab qolmoqchimiz.
Ushbu vaziyatda korxonamizga qanday jarimalar qoʻllaniladi, kirim qilinmagan va amalda yoʻq boʻlgan mahsulot (telefon) hisobini buxgalteriyada qanday aks ettiramiz?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock