Bir xil tovarlar xaridi va sotilishini buxgalteriyada aks ettirish

Savolning ID si: 19842
Korxonamiz metall mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanadi. 2021 yilga qadar korxona tomonidan xarid qilingan metall mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy davlatlaridan import qilingan. Joriy 2021 yildan esa Toshkent metallurgiya zavodi metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi va korxonamiz shu TMZ bilan ishlab kelmoqda. Metallurgiya zavodidan mahsulotlar xarid qilish jarayonida ushbu tovarga tegishli mahsulotning zavod raqami ham hisobvaraq-fakturada koʻrsatilmoqda. Tovarning zavod raqami ham hisobvaraq-fakturalarda aks ettirilayotgani tufayli bir kunda 10 dona ayni bir xil mahsulot xarid qilinsa, kiruvchi hisob-fakturada ushbu tovar 10 ta qatorda aks ettirilmoqda. Korxona bir oyda ayni bir xil mahsulotdan 1 000 dona xarid qilsa, 1S dasturiga tovar kodini kiritgan holda kirim qilsa, mahsulot nomenklaturasida 1 000 dona tovar kiritilishi kerak boʻlyapti. Xarid qilinadigan tovar soni ortishi bilan nomenklatura ham ortib boraveradi. Bunday ishlash esa deyarli imkonsiz.
Ayni bir xil tovarlarni kirim qilish va realizasiya qilishda tovar yorligʻidagi tovar kodini yozmasdan hujjatlarni rasmiylashtirish qonunchilik normalarining buzilishi hisoblanmaydimi? Har bir tovar kodini yozmasdan rasmiylashtirish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock