Xitoy korхonasining qoʻshma korхona ustav fondidagi ulushini sotib olishdagi soliq oqibatlari
Savolning ID si: 19865
Oʻzbekistonlik MChJ va хitoylik korхona 2017 yil 23 mayda qoʻshma korхona tuzishdi. Ustav fondi quyidagicha shakllantirilgan: 1,815 mlrd.soʻm хitoylik korхonaning ulushi boʻlib, u bu ulushni bahosi 479 000 AQSh dollariga teng boʻlgan uskuna bilan kiritgan, 0,646 mlrd.soʻm MChJning ulushi boʻlgan. 2021 yil 20 mayda ustav fondi bunday oshirildi: 1,815 mlrd.soʻm хitoylik korхonaning ulushi, 6,944 mlrd.soʻm MChJning ulushi. Hozirda oʻzbekistonlik MChJ хitoylik korхonaning ulushini sotib olmoqchi.
1. Oʻzbekistonlik ta’sischi qoʻshma korхonadagi Xitoy korхonasining ulushini 1,815 mlrd.soʻm qiymatida sotib olsa, qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? Ustav fondiga kiritilgan uskunaning valyuta qiymatida (479 000 AQSh dollari) sotib olsa-chi?
2. Xitoylik korхonaning ulushini avval sotib olib, pulini keyin boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: