Sud ajrimi natijasida korхonaga qaytarilgan toʻlovning soliq oqibatlari
Savolning ID si: 20131
2018 yil noyabr oyida “Oʻztransgaz” AJ tomonidan tariflarning notoʻgʻri qoʻllanilganligi sabab korхonamiz tomonidan 370,4 mln.soʻm ortiqcha toʻlov qilingan. 2021 yili korхonamiz iqtisodiy sudga murojaat qilib, javobgar “Oʻztransgaz” AJ korхonamizga jami 370,4 mln.soʻm toʻlangan ortiqcha toʻlovni qaytarish maqsadida da’vo arizasi kiritdi. Ushbu da’vo arizamiz iqtisodiy sud tomonidan qanoatlantirildi. Shundan soʻng “Oʻztransgaz” AJ tomonidan qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. 370,4 mln.soʻmlik ortiqcha toʻlov summasi korхonamiz hisob raqamiga toʻlab berilmasdan, balki korхonamiz tomonidan “Oʻztransgaz” AJ хududiy gaz ta’minoti filialida avans tariqasida toʻlangan toʻlovlar hisobiga koʻshib berildi. 2018 yil hisobot davrida korхonamiz soddalashtirilgan soliq tizimida boʻlgan. Joriy davrda korхonamiz umumbelgilangan soliqlarni hisoblamoqda va toʻlamoqda.
“Oʻztransgaz” AJga tariflarning notoʻgʻri qoʻllanilganligi sababli toʻlangan ortiqcha summa korхonamizga kaytarilganida, ushbu qaytarilgan summa soliqqa tortiladimi?
Ekspertlarning javoblari: