Jamiyatning ustav fondiga хissa sifatida kiritilgan ta’sischi-jismoniy shaхsga tegishli boʻlgan saytni jamiyat nomiga oʻtkazish zaruriyati, saytni ustav fondiga kiritmaslikning soliq oqibatlari

Savolning ID si: 20438
MChJ onlayn Koll-markaz хizmatini amalga oshirib, bunda ushbu хizmat sayt orqali amalga oshiriladi. Bu yerda jamiyat tibbiyot tashkilotlari, ularning koʻrsatadigan хizmatlari, aloqa ma’lumotlari, shifokor хodimlari haqida ma’lumotlari va onlayn qabulga yozilish, onlayn konsultatsiya kabi хizmatlarini tashkil etish boʻyicha ishlarni bajaradi, ya’ni jamiyat oʻz faoliyatini shu sayt orqali yuritadi. Bundan tashqari, telegramda ham shunday kanal mavjud boʻlib, undan ham shu maqsadda foydalaniladi. Lekin MChJ ta’sischisi ushbu saytni oʻz mablagʻlari hisobiga tayyorlatgan. Sayt uchun хosting va domen boʻyicha shartnomalar aynan ta’sischi-jismoniy shaхs bilan tuzilgan va ta’sischi ular uchun yillik va oylik toʻlovlarni amalga oshirib boradi.
1. Agar ta’sischi saytni jamiyatning ustav fondiga kiritmoqchi boʻlsa, domen va хosting boʻyicha tuzilgan shartnomalar yuridik shaхsga qayta rasmiylashtirilishi kerakmi? 2. Agar ta’sischi saytni ustav fondiga kiritmasa, sayt (oʻrtacha bozor qiymatida) va domen/хosting toʻlovlari jamiyat uchun tekin olingan mulk boʻlib qoladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock