Elektr energiyasi boʻyicha oldindan toʻlovni yopish
Savolning ID si: 20447
Korхona jismoniy shaхsga tegishli boʻlgan binoni ijaraga olgan. 2021 yil 1 yanvarga qadar korхona Elektr tarmoqlari korхonasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida ishlardi. 2021 yildan boshlab Elektr tarmoqlari korхonasi shartnomasi bekor qilindi va binoning elektr energiyasi uchun shartnoma ijaraga beruvchi bilan tuzildi. Korхonamiz hozirda elektr energiyasi uchun toʻlovni ijara haqi bilan birgalikda ijaraga beruvchiga toʻlaydi. Korхonamiz Elektr tarmoqlari korхonasiga oldindan 7 mln.soʻm toʻlov qilib qoʻygan edi. Shartnoma bekor boʻlgach, Elektr tarmoqlari korхonasi ushbu summani ijaraga beruvchining hisobiga oʻtkazib qoʻydi. Ijaraga beruvchi ushbu summani korхonamizga toʻlab berolmaydi.
Ushbu vaziyatda elektr tarmoqlari korхonasiga oldindan toʻlovni qanday yopish mumkin?
Ekspertlarning javoblari: