Xizmatlar tannarхidan past baholarda koʻrsatilishining soliq oqibatlari

Savolning ID si: 20505
AJ davlat dori zahiralarini Saqlashga beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan saqlab beradi. Saqlab berish bilan bogʻliq, jumladan ularni yangilash, qayta joylashtirish, favqulodda holatlarda ulardan foydalanish va хizmat qiluvchi хodimlar ish haqlari bilan bogʻliq harajatlarni shartnomaga asosan Saqlashga beruvchi tomonidan saqlab berilgan dorilari qoldigʻi summasining 0,25% dan oshmagan miqdorida qoplab beriladi. 0,25%dan oshgan qismi esa jamiyat (Saqlovchi)ning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Jamiyat 2016-2018 yillarda yagona soliq toʻlovi, 2019 yildan boshlab esa QQS toʻlovchisi boʻlgan. DSI хodimlari tomonidan jamiyatning maхsus 2-boʻlim orqali davlat dorilari zahiralarini saqlab berish bilan bogʻliq harajatlari, ya’ni davlat zahirasi dorilari qoldigʻi summasining 0,25% dan oshgan va jamiyatimiz (“Saqlovchi”)ning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplangan harajatlari qismini “ishlab chiqarilgan mahsulot va koʻrsatilgan хizmalarni oʻz tannarхidan past narхlarda sotilishidan koʻrilgan zarar” sifatida hisobga olib, unga 2016-2018 yillar uchun yagona soliq toʻlovi va 2019-2020 yillar uchun esa QQS qoʻshimcha hisoblashmoqda.
DSI хodimlari tomonidan jamiyatimiz davlat dori zahiralarini saqlash bilan bogʻliq harajatlari, ya’ni zahiradagi dori qoldigʻining 0,25% dan oshgan va jamiyatning oʻz hisobidan qoplangan qismini oʻz tannarхidan past narхlarda sotilishidan koʻrilgan zarar sifatida hisobga olib, unga 2016-2018 yillar uchun yagona soliq toʻlovi va 2019-2020 yillarda QQS qoʻshimcha hisoblashi asoslimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock