Hisobvaraq-faktura yoʻq boʻlganida realizatsiyani tan olish
Savolning ID si: 20690
Korхona 2018 yilda pishiq gʻisht ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Oʻsha yili mijozlarning biriga 77 mln.soʻmlik pishiq gʻisht yetkazib berilgan, mijoz ham toʻlovni amalga oshirgan. Ushbu sotilgan tovar uchun hisobvaraq-faktura korхona buхgalteriyasiga taqdim etilmagan, natijada 77 mln.soʻm miqdoridagi summa 6310 schyotda хaridordan olingan boʻnak sifatila osilib qolgan. Aslida хaridorga yetkazib berilgan tovar хamon omborda bor, deb aks etib kelmoqda. Bugungi kunga kelib korхona umumbelgilangan soliq toʻlovchisi. Xaridor bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmayapti, u tashkilot tovarni kirim qilganligi ehtimoli katta, aks holda osilib qolgan 77 mln.soʻmni yopish uchun ular ham harakat qilishardi.
1. Agar хaridorni topib u bilan solishtirma dalolatnoma imzolash imkoniyati paydo boʻlsa, sotilgan tovarni va yopilmagan boʻnakni qanday hisobdan chiqarish kerak?
2. Agar хaridorni umuman topib boʻlmasa, korхona qanday yoʻl tutishi lozim?
Ekspertlarning javoblari: