IT Park rezidenti

Savolning ID si: 20702
MChJ – yagona soliq toʻlovchisi, 2017 yildan buyon IT Park rezidenti hisoblangan. Lekin, 2020 yil yakuni boʻyicha auditorlik hisobotini oʻz vaqtida topshirmaganligi sababli, Jamiyat 2021 yil avgust oyidan boshlab IT Park rezidentlari safidan chiqarilgan. 2017-2019 yillarda Jamiyat rezidentning barcha majburiyatlarini oʻz vaqtida talab darajasida bajargan. Sentyabr oyida Jamiyat tomonidan 2017-2021 yillar davomida qoʻllanilgan imtiyozlar bekor qilingan va shu davr uchun soliq majburiyatlari qayta tiklangan holda byudjetga toʻlab berish toʻgʻrisidagi IT Parkning qarori asosida DSI tomonidan kameral tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruv natijasiga koʻra Jamiyat 2017-2021 yillar uchun imtiyozlar bekor qilingan holda toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar farqiga DSI tomonidan talabnoma yuborildi. Jamiyat 2020 – 2021 yillarda deyarli faoliyat yuritmagan boʻlib, faqatgina direktorga 0,5 stavkada ish haqi hisoblanib soliqlar toʻlagan.
Ushbu holatda faqat 2020-2021 yillar (audit хulosasi topshirilmagan davr) uchun emas, balki butun rezidentlik davri uchun soliq majburiyatlari tiklanishi qanchalik qonuniy va mantiqiy? Aхir 2017-2019 yillar uchun barcha majburiyatlar bajarilganku. Imtiyoz bekor boʻlmasligi uchun MChJ faoliyati tugamaguniga qadar IT Park rezidenti boʻlib qolishi kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock