Savolning ID si: 20724
Davlat byudjetidan moliyalashtiriluvchi oliy ta’lim muassasasi joriy yilda universitet hududida talabalar arzon va sifatli ovqatlanishi uchun Fuqarolik kodeksining 71-moddasida koʻrsatilgan хoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korхona tashkil etgan boʻlib, unitar korхona nizomi ta’sischi (universitet) tomonidan tadiqlangan va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan. Oliy ta’lim muassasasiga tegishli boʻlgan binolar nizomga koʻra unitar korхonaga mulk huquqi asosida berilmasdan biriktirib qoʻyilgan va unitar korхona mazkur binolarda oʻz faoliyatini olib bormoqda edi. Lekin hozirda “Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” tomonidan unitar korхonaga biriktirilgan mol-mulkni “E-IJRO-AUKSION” platformasi orqali ijaraga berish talabi qoʻyilmoqda.
Oliy ta’lim muassasasi oʻzi tashkil qilgan unitar korхonaga binoni “E-IJRO-AUKSION” platformasi orqali ijaraga bermasdan, mulk huquqini oʻzida saqlab qolgan holda unitar korхona faoliyatini olib borishi uchun unga biriktirib qoʻyishga haqlimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock