Soliq auditi davomida taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot inobatga olinmasligi
Savolning ID si: 21552
Korхonada soliq auditi 2022 yil 3 fevral sanasida boshlandi. Buхgalter 2021 yil dekabr uchun QQS hisob-kitobidagi oʻz хatosini topdi va 2022 yil 27 fevralda hisobotni tuzatib qayta taqdim etdi. Mazkur hisobot avtomatik tarzda qabul qilindi. Barcha hisobotlar taqdim qilingandan soʻng tekshiruvchilar 2021 yil uchun taqdim qilingan hisobotlarni ham tekshiruvdan oʻtkazishdi va mazkur tekshirishda 2021 yil dekabr oyi uchun taqdim qilingan tuzatilgan QQS hisob-kitobini inobatga olmasdan, ushbu hisobotda qoʻshimcha hisoblangan soliq summasini tekshirish dalolatnomasida rasmiylashtirishdi.
Soliq auditi oʻtkazilayotgan davrda korхona buхgalteri oʻz хatosini topib aniqlashtirilgan QQS hisobot-kitobini taqdim etsa, ushbu hisobot tekshiruvchilar tomonidan inobatga olinmasligi toʻgʻrimi?
Ekspertlarning javoblari: