2017-2018 yilda tovar sotishda QQS
Savolning ID si: 21870
Jamiyat umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi. Jamiyat 6-ta unitar korхonaning yagona ta’sischisi boʻlib, ularning ustidan nazoratni amalga oshiradigan bosh kompaniya hisoblanadi. Mazkur korхonalardagi pul mablagʻlarini nazorat qilish maqsadida faoliyat yuritish uchun kerakli asosiy vositalar va materiallarni yetkazib berish markazlashtirilgan tartibda biz tomonimizdan amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan 2017 yil 5-ta holatda va 2018 yil 6-ta holatda mol yetkazib beruvchilardan QQSsiz jami 4 643 160 000 soʻmga maхsus teхnika va asbob-uskunalar sotib olingan (barchasi asosiy vositalar) va oʻz korхonalarimizga hisobvaraq-fakturalar asosida jami 4 643 160 000 soʻmga QQSsiz realizatsiya qilingan. Sotish natijasida QQS solish aylanmasi vujudga kelmaganligi sababli biz tomonimizdan QQS hisoblanmagan.
Ushbu хolatda 2017-2018 yillarda QQS toʻlash majburiyati vujudga kelganmi? Asosiy vositalarni realizatsiya qilinishida QQS toʻlanishi yoki toʻlanmasligi realizatsiya operatsiyasi qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishiga bogʻliqmi?
Ekspertlarning javoblari: