Mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash 2022 yil 1 iyuldan bekor qilinganligi
Savolning ID si: 22324
Korхonamizga nisbatan tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 01.08.2021 yildan hozirgi kunga qadar korхona balansida boʻlgan koʻchmas mulk ob’yekti buyicha mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha oshirilgan stavkalar qoʻllanilib kelinmoqda. Prezidentning 28.06.2022 yildagi №PF-162 farmoniga koʻra, 2022 yil 1 iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob’yektlariga (foydalanilmayotgan ob’yektlar) hamda ushbu ob’yektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash bekor qilindi.
28.06.2022 yildagi №PF-162 farmonga binoan oshirilgan stavkalarda hisoblangan mol-mulk va yer soligʻi bekor qilinishi oʻtgan davrlar uchun hisoblangan soliqlarga ta’sir etadimi?
Ekspertlarning javoblari: