Davlat kompaniyasida investitsiyaning aks ettirilishi

Savolning ID si: 22476
Ustav fondi 100 mln soʻm boʻlgan Mas’uliyati cheklangan jamiyat (davlat ulushi – 100%). Davlat mulkini boshqarish Agentligi ta’sischi sifatida davlat nomidan chiqqan. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan (21.02.2013y. VMQ-51), davlatning yuz foizlik ulushi boshqa davlat kompaniyasiga (AJ «Oʻzavtosanoat, bu ham, 100% davlatga tegishli), davlat ulushini oshirish maqsadida, baholash kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan baholangan qiymat boʻyicha oʻtkazildi. Baholangan qiymat 50 mlrd soʻmni tashkil qildi va kompaniyaning (AJ «Oʻzavtosanoat») ustav fondi shu summaga oshirildi. Qoʻshimcha ma’lumot: MChJni davlat kompaniyasi tarkibiga oʻtkazish avvalgi yillarda amalga oshirilgan. MChJga kiritilgan investitsiyalar hozirgi paytda Davlat kompaniyasining balansida qiymati 50 mlrd soʻm boʻlgan baholangan aktiv sifatida aks ettirilgan. MChJning balansida esa MChJning UF ( shuningdek ta’sisi хujjatlarida ham) qiymati 100 mln soʻm deb aks ettirilgan. Avtosanoat auditorlari MChJni qayta roʻyхatdan oʻtkazish chogʻida, jamiyatni oʻtkazgandan soʻng, UF miqdorini 50 mlrd soʻm deb koʻrsatishlari kerak deb fikr bildirilgan. Hozirda bunday nomutanosiblikni qanday tartibga solishni bilmay turishibdi.
MChJ davlat kompaniyasiga oʻtkazilgandan soʻng (Davlat aksiyadorlik jamiyatiga), davlat reyestrida qayta roʻyхatdan oʻtkazish paytida, MChJning ustav hujjatlarida kiritiladigan oʻzgartirishlarda, korхonaning ustav kapitali qaysi miqdordagi summada boʻlishi lozim. ( MChJning UF qiymati 100 million soʻm sifatida oʻzgarishsiz qolishi kerakmi yoki uni 50 mlrd soʻmga oshirish kerakmi?-degani nazarda tutilmoqda)? Davlat kompaniyasi tomonidan qanday buхgalteriya yozuvlari orqali ushbu oʻtkazish bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirishi lozim (MChJ UFdagi kompaniyaning ulushi)?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock