Aksiyalarni dividend hisobiga berishning soliq oqibatlari

Savolning ID si: 23241
Korxonaning tashkiliy huquqiy shakli MChJdir. Korxona bir yil avval AJning aksiyalarini 51%lik davlat ulushini birja orqali, har bir dona aksiyani 36000 soʻmdan sotib olgan. Bugungi kunda Respublika fond birjasida mazkur AJning boshqa aksiyadorlari oʻz aksiyalarini bir donasini 12000 soʻmdan sotishmoqda. Aksiyalarning bahosi tushib ketayotganligi sababli korxona oʻz aksiyalarini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Korxonaning ta’sischilari korxona egaligidagi aksiyalarini dividend sifatida toʻlab berishni soʻrashmoqda. Bir dona aksiyaning bugungi kundagi birjadagi bahosi 12000 soʻm. Korxona QQS toʻlovchisi hisoblanadi hamda buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritadi.
Korxona mazkur aksiyalarini bozor bahosida oʻz ta’sischilariga dividend hisobiga berishi mumkinmi? Mumkin boʻlsa qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Aksiyalarning chiqib ketishi natijasida koʻrilgan zarar foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegiriladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock