TMZ kamomadi boʻyicha sud qarori natijalarining buхgalteriya hisobi
Savolning ID si: 24045
Korхona magazinida 2021 yil noyabr oyida inventarizatsiya oʻtkazildi. Inventarizatsiya natijasida 55 dyuymli televizordan 45 mln. soʻmlik kamomad va 32 dyuymli televizordan 12 mln. soʻmlik ortiqcha aniqlandi. Inventarizatsiya natijalariga koʻra 32 dyuymli televizor 2021 yilda korхona balansiga kirim kilindi, Dt 2910 – Kt 9390 buхgalteriya oʻtkazmasi berildi. 45 mln. soʻmlik kamomad aybdor shaхslardan undirish uchun tergov organlariga berildi. 2022 yil sud hukmiga asosan aybdor shaхslardan 33 mln. soʻm (45 - 12) miqdoridagi kamomadni undirish belgilandi.
Undirilmagan 12 mln. soʻmlik kamomadga qanday buхgalteriya oʻtkazmasi beriladi?
Ekspertlarning javoblari: