Norezidentning doimiy muassasasi yuzaga kelishi alomatlari mavjudmi
Savolning ID si: 24091
Jamiyat chet ellik mol yetkazib beruvchi (norezident) bilan uskuna yetkazib berish hamda uni oʻrnatish uchun shartnoma tuzmoqda. Uskunalarni yetkazib berish sharti «Incoterms»ga asosan FCA boʻlib, 10 oy davomida yetkazib berish majburiyati mavjud. Bundan tashqari shartnoma shartlariga asosan uskunalarni oʻrnatish va kadrlarni oʻqitish хizmati mavjud. Uskunalarni oʻrnatish va kadrlarni oʻqitish хizmati 2 oydan 4 oygacha. Shartnoma muddati jami 12 oydan 14 oygacha. Norezident roʻyхatdan oʻtgan davlat bilan davlatlarimiz oʻrtasida ikki yoqlama soliqdan ozod qilish boʻyicha kelishuv mavjud emas.
Yuqoridagi holatda norezidentning doimiy muassasa ochish alomatlari mavjudmi?
Ekspertlarning javoblari: