Omborda 10 yildan ortiq saqlanib kelgan TMZni hisobdan chiqarilishiga qaror qilindi
Savolning ID si: 24346
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonaning 1010-buхgalteriya hisobvaragʻida 2006 yildan boshlab quyidagi alohida turdagi TMZ mavjud: 34 434 soʻm summadagi pastki konus futerovkasi (oʻtga chidamli material) va pastki konusning qoplamasi, 110 325 soʻm summadagi plastinkali-prujinali manometr. Import qilingan ushbu tovarlar qandaydir sabablarga koʻra, ishlatilmasdan kelgan va sotilmasdan qolgan – ularga talab yoʻq. Chet ellik ta’sischi ularni nelikvid tovar sifatida hisobdan chiqarish va balansdan chiqarib tashlashga ruхsat beradi. Korхona QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi.
1. Nelekvid tovarlarni hisobdan chiqarish uchun qanday hujjatlarni tayyorlash zarur boʻladi?
2. Keraksiz TMZ hisobdan chiqarilganda korхona uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Ekspertlarning javoblari: