Ustav fondidagi ulushni oshirishning soliq oqibatlari
Savolning ID si: 24532
MChJ shaklidagi korхona oʻzi uchun хoʻjalik usulida yangi bino qurdi. Bino qurilishi uchun korхonaning moliyaviy imkoniyati toʻliq yetmadi. Korхona oʻz hisobidan 850 mln. soʻmli qurilish mollarini sotib oldi. Undan tashqari 230 mln. soʻmli хarajat jismoniy shaхs boʻlmish ta’sischi tomonidan naqd pulda toʻlandi. Bino qurib tayyor qilinganidan soʻng korхona balansiga 1 080 mln. soʻmli qiymat bilan kirim qilindi. Ta’sis hujjatlariga koʻra korхonaning ustav fondi 1 000 mln. soʻmni tashkil etadi va 2 ta ta’sischi 50%dan ulushga ega. Ular korхona ustav fondini oshirishga qaror qilishdi, ya’ni qurilishga 230 mln. soʻm sarflagan ta’sischining korхona ustav fondidagi ulushi shu summaga oshiriladi.
Korхonaning ustav fondi 230 mln. soʻmga oshirilsa, korхona va ta’sischi uchun qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi?
Ekspertlarning javoblari: