UFdagi sotib olingan ulushni realizatsiya qilish

Savolning ID si: 24586
A korxona – QQS toʻlovchisi, ustav fondi – 2 638 172 000 soʻm, muassislari – B korxona (98,86 %) va jismoniy shaxs (1,14 %). B korxona kiritilgan ulushning bir qismini (45,84 %) pul mablagʻlari koʻrinishida h/r ga qaytarishni soʻradi. A korxona, «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, B korxona ulushining bir qismini oʻzi sotib oldi, kiritilgan ulushning bir qismini qaytardi va ta’sis hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazdi. UFning umumiy summasi oʻzgarmadi, faqat muassislar oʻzgardi: B korxona – 53,02 %, jismoniy shaxs – 1,14 %, A korxona – 45,84 %. 3 oy oʻtgach, A korxona UFdagi sotib olingan ulushni nominal qiymatda besh nafar jismoniy shaxsga realizatsiya qiladi. UFning umumiy summasi oʻzgarmadi.
A korxona tomonidan korxonaning oʻzida UFdagi ulushning sotib olinishi tekin olingan mol-mulk koʻrinishidagi daromad sanaladimi (SK 299-m.)? A korxonaning UFdagi sotib olingan ulushni besh nafar jismoniy shaxsga realizatsiya qilishiga QQS solinadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock