Direktor yaroqsiz xom ashyoni hisobdan chiqardi

Savolning ID si: 24762
Ishlab chiqarish korxonamiz aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Biz 3 yildan beri faoliyat yuritmayapmiz. Ta’sischi korxonani yopishni istamayapti, chunki korxonaning tovar belgisi mavjud. Ushbu belgidan ta’sischining boshqa korxonasi bepul foydalanmoqda. Korxona 3 yildan beri ishlamayotganligi sababli xom ashyo zaxirasi yaroqsiz holga keldi (yaroqlilik muddati tugadi). Direktor xom ashyoning bir qismini hisobdan chiqarib, qayta ishlash tashkilotlarini jalb etmagan holda buzilgan tovarlarni shunchaki tashlab yubordi. Xom ashyoni tugatish hisobdan chiqarish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirildi. Qolgan TMQ ta’sischiga qaytarildi, chunki ustav fondi materiallar va xom ashyodan shakllantirilgan. Ustav fondining kamaytirilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etdik. Hozir kameral tekshiruv oʻtkazilmoqda, tekshiruvchi TMQni hisobdan chiqarish va qaytarish uchun soliq hisoblanishi kerakligini aytmoqda.
1. Hisobdan chiqarilgan tovar summasidan soliq hisoblash qonuniymi? 2. Ta’sischiga berilgan tovar summasidan soliq hisoblash qonuniymi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock