Qurilib foydalanishga topshirilganidan 6 oy oʻtgach, sotilmagan turar joy ob’yektlari boʻyicha mol-mulk soligʻi
Savolning ID si: 25088
Korхona qurilish faoliyati bilan shugʻullanadi. Hozirda korхona balansida sotish uchun qurilgan turar joy koʻchmas mulk ob’yektlari mavjud. Qurilganidan 6 oy oʻtgan, lekin sotilmaganlari ham bor. Ular boʻyicha mol-mulk soligʻi hisoblanib toʻlanmoqda. Soliq organi ushbu turar joylar uchun SK 412-m. 2-q. 1-b. qoʻllagan holda soliq bazasi 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlmasligi lozimligini aytmoqda. Shu bilan birga 2022 yil uchun mol-mulk hisob-kitobi shakli oʻzgarganligi sababli yangi shaklda aniqlashtirilgan hisob-kitob taqdim qilishimizni soʻrashmoqda.
1. Soliq organi hisobot topshirish muddati oʻtganidan soʻng yangi kiritilgan shaklda hisob-kitob topshirishni talab qilishga haqlimi?
2. Qurilganidan 6 oy oʻtib realizatsiya qilinmagan turar joy ob’yektlari boʻyicha mol-mulk soligʻi bazasi 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlmasligi lozimmi? SK 412-m. 1-q. 3-b. «… oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha)» deyilganida, qaysi qiymat nazarda tutilgan?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.
Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.