Korxona xodimlari va pensionerlar uchun yoʻllanmani qisman qoplab berganida buxgalteriya hisobi
Savolning ID si: 25169
Ishlab chiqarish korxonasi ishchilari kasaba uyushmasiga qarashli pansionatga dam olish, sogʻliqlarini tiklash uchun borishadi. Oyning oxirida kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan yoʻllanmalarning 40% ini korxona ishchisining ish haqidan va 60%ini korxona tomonidan jamoa shartnomasiga asosan qoplab berilishi boʻyicha hisobot joʻnatiladi. Bundan tashqari korxonada ishlab pensiyaga chikkan xodimlar ham ushbu joylarga yoʻllanma oladi, bunda jamoa shartnomasiga asosan yoʻllanma narxining 70%ini korxona qoplab beradi, 30%i pensionerlar tomonidan kasaba uyushmasiga toʻlanadi. Korxona yoʻllanmalarni sotib olmaydi, balki ularning narxini qisman qoplab beradi.
Korxona ishchilari uchun qoplab beriladigan 60% summaga va pensiyaga chiqqan xodimlar uchun qoplab beriladigan 70% summaga qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi? Pensiyaga chiqqan xodimlarga berilgan yoʻllanma narxining korxona tomonidan qoplab berilgan 70%iga daromad soligʻi solinadimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.