Hisobga olingan QQS summalarini soliq auditi davomida hisobdan chiqarib tashlanganligi

Savolning ID si: 25456
Korхonada 2023 yil mart oyida 2018-2022 yillar boʻyicha soliq auditi oʻtkazildi. Soliq organi хodimi 2019 va 2020 yilda kiruvchi hisobvaraq-faktura asosida hisobga olingan ba’zi QQS summalarini hisobga olmadi. 2019 yildagilarning hisobga olinmaganligi sababi etib oʻsha hisobvaraq-fakturalarni joʻnatgan korхonalar ularni oʻzlarining QQS hisob-kitobida koʻrsatmaganligi yoki QQS hisob-kitobini umuman topshirmaganligi aytildi. 2020 yildagilari boʻyicha esa yanvar-aprel oylarida elektron shaklda joʻnatilmagan, ya’ni qogʻozda taqdim etilgan kiruvchi hisobvaraq-fakturalar boʻyicha QQS hisobga olinmadi. Tekshiruvchi 2020 yil 1 yanvardan boshlab EHF fakat elektron joʻnatilishi kerakligini aytdi. Lekin koʻpgina korхonalar 2020 yil apreliga qadar sekin-asta hisobvaraq-fakturalarni elektron taqdim etishga oʻtgan, shu sababli 2020 yil boshida qogʻozda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar QQS hisob-kitobiga ilovadagi reyestrlarga qoʻlda yozib kiritilar edi.
Ushbu vaziyatda soliq organi хodimi kiruvchi QQS summalarini hisobdan chiqarib tashlaganligi asoslimi? Bu QQS summalari qaysi normativ hujjatga asosan hisobdan chiqarib tashlandi? Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock