Bino-inshootlarni ta’sischidan korxonaga berishni hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi, soliq oqibatlari

Savolning ID si: 25618
Korxonaning jismoniy shaxs boʻlmish ta’sischisi oʻz hisobidan xarajat qilib korxonaga kerakli bino va inshootlarni qurdirdi va shu koʻchmas mulkni korxonaga kadastr qilib rasmiylashtirdi. Shu koʻchmas mulkga 2022 yil 6 yanvarda kadastr kodi korxona nomiga olinganida, kadastr kodi integratsiya boʻlmaganligi sababli mol-mulk soligʻiga avtomat tarzda tortilganda soliq xisobotida «nol» sum soliq chiqqan. Endi 2023 yil may oyida 2022 yil mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobot qayta topshirildi, natijada soliq summasi qoʻshimcha hisoblandi.
1. Binoni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ta’sischi tomonidan kiritilgan mol-mulk deb hujjatlashtira olamizmi? Agar shunday hujjatlashtirilsa, soliq majburiyatlari kimda kelib chiqadi? Dt 0120 Kt 4610 buxgalteriya oʻtkazmasi beriladimi? 2. 2023 yil may oyida 2022 yil mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobot qayta topshirilganida qoʻshimcha hisoblangan soliq summasi buxgalteriya hisobida 2023 yilda aks ettiriladimi yoki 2022 yilda aks ettirib, hisobotlarni qayta topshirish kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock