Mavsumiy foydalaniladigan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash
Savolning ID si: 25691
Korxona faoliyati koʻngilochar bogʻ boʻlib, QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Bogʻ mavsumi yanvar oyi va may-sentyabr oylariga toʻgʻri kelgangili sababli korxona oʻz faoliyatini mavsumiy tarzda amalga oshiradi. Vazirlar Maxkamasining 05.02.1999 yildagi 54-qaroriga ilovadagi Nizomning 1-bandida mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar tarkibiga asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi kiritiladi deyilgan. Korxona faoliyati mavsumiy boʻlganligi uchun attraksionlarga hisoblanadigan amortizatsiya xarajatlari ham mavsumiy tarzda hisoblanadi hamda jamiyat hisob siyosatida asosiy vositaning amortizatsiya qiymati mavsumiy va nomavsumiy davrga boʻlingan holda teng maromli (toʻgʻri chiziqli) usulda hisoblanishi belgilab oʻtilgan. Nomavsumiy davrdagi amortizatsiya xarajatlari davr xarajatlariga olib boriladi, chunki ularni xizmatlar tannarxiga olib borilsa, xizmatlar tannarxi oshib ketadi.
Korxonaning mavsumiy amortizatsiya xarajatlarini xizmatlar tannarxiga, nomavsumiy amortizatsiya xarajatlarini davr xarajatlariga oʻtkazilishi korxona hisob siyosatida belgilansa, buxgalteriya hisobida ayni shunday aks ettirish mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.